OLIY TA’LIM TALABALARI UCHUN LINGVISTIK VA METODIK TO‘SIQLARNI BARTARAF ETISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI. (RUS TILI YO‘NALISHI MISOLIDA)
Ключевые слова:
rus tili, lingvistik to‘siqlar, metodik to‘siqlar, innovatsion texnologiyalar, TPACK, CLIL, gamifikatsiya, sun’iy intellekt, fonetik simulyatorlarАннотация
Annotatsiya. Ushbu maqolada rus tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar duch keladigan lingvistik va metodik to‘siqlar hamda ularni bartaraf etishning innovatsion yondashuvlari tahlil qilingan. Lingvistik to‘siqlar (leksik, grammatik, fonetik) hamda metodik qiyinchiliklarning sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, korpus lingvistikasidan foydalanish, sun’iy intellektga asoslangan lug‘atlar va fonetik simulyatorlar, TPACK va CLIL metodlari, shuningdek, gamifikatsiya, loyihaviy yondashuv va aralash ta’lim texnologiyalarining samaradorligi ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda zamonaviy raqamli vositalar (VR, AR, Moodle, Google Docs, Padlet) yordamida talabalar nutqiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ham ochib berilgan.

