CHET TILI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA RAQAMLI RESURSLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Keywords:
lingvistika, interaktivlik, multimodallik, digitalizatsiya, pedagogika, kompetensiya, innovatsiya, metodologiyaAbstract
Annotatsiya: ushbu ilmiy maqolada chet tili (ingliz tili) o‘qitishda innovatsion texnologiyalar va raqamli resurslardan foydalanishning ta’lim jarayoniga pedagogik va metodik integratsiyasi tahlil qilingan. Maqolada interaktiv ta’lim vositalari, digital platformalar va multimodal yondashuvlarning o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish, mustaqil kommunikativ faoliyatni rivojlantirish hamda til o‘rganish motivatsiyasini oshirishdagi roli ko‘rsatilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi afzalliklari, ularning o‘quv jarayoniga moslashtirilishi hamda pedagoglarning texnologik tayyorgarligi masalalari muhim ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot natijalari raqamli resurslarning chet tili o‘qitishda didaktik va metodik jarayonlarni modernizatsiya qilishda innovatsion pedagogik yondashuvlarni qo‘llash imkoniyatlarini tasdiqlaydi.

