INGLIZ TILINI O‘QITISHDA BOSHLANG‘ICH TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA MILLIY VA UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIYMETODIK ASOSLARI
Keywords:
ingliz tili, boshlang‘ich ta’lim, milliy qadriyatlar, umummadaniy kompetensiya, madaniyatlararo muloqot, pedagogik metodika, talaba, madaniy integratsiya, identifikatsiya, til va madaniyatAbstract
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari orasida milliy va umummadaniy kompetensiyalarni takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari yoritiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining madaniyatlararo muloqotga tayyorgarligini oshirish, ularning ona madaniyatini chuqur anglash va boshqa madaniyatlarni hurmat qilish ko‘nikmalarini ingliz tili o‘qitish jarayonida rivojlantirishdan iborat. Tadqiqot doirasida nazariy tahlil, so‘rovnoma, pedagogik kuzatuv va eksperimental tajriba metodlari qo‘llanildi. Tajriba guruhiga madaniy
komponent asosida tuzilgan metodik materiallar qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, milliy mavzular asosida boyitilgan ingliz tili darslari talabalarda madaniy ong, milliy identifikatsiya, kommunikativ kompetensiya va ijtimoiy faollik darajalarini sezilarli darajada oshiradi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ingliz tilini o‘qitish jarayonida madaniy kompetensiyalarni rivojlantirish nafaqat til bilish darajasini, balki tarbiyaviy ta’sir kuchini ham oshiradi.

