INGLIZ TILIDA ARABIZMLAR ASSIMILATSIYASI
Keywords:
arabizmlar, assimilyatsiya, leksik o‘zlashma, fonetik moslashuv, morfologik integratsiya, semantik kengayish, pragmatik funksiyaAbstract
Mazkur maqolada ingliz tilida arabiy o‘zlashmalarning assimilyatsiya jarayoni lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi — arabcha kelib chiqishli leksik birliklarning ingliz tili tizimidagi fonetik, morfologik, semantik va pragmatik moslashuv bosqichlarini aniqlashdir. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, tarixiy-etimologik va korpus lingvistikasi metodlari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, arabiy o‘zlashmalar ingliz tilida turli darajada assimilyatsiyalangan: ayrimlari (algebra, coffee, sugar, sofa) to‘liq o‘zlashgan, boshqalari esa qisman yoki chegaralangan darajada ishlatiladi. Tadqiqot natijalari arabiy o‘zlashmalarning ingliz tilida chuqur integratsiyalashganligini isbotlaydi.

