O‘ZBEK VA INGLIZ ASARLARIDA AYOL OBRAZI TALQINI: POETIKMUSHTARAKLIK VA O‘ZIGA XOSLIK (XIX–XX ASRLARMISOLIDA)

Авторы

  • Dilafruz Qodiraliyeva

Аннотация

Adabiyot inson ruhiyatini, jamiyatdagi o‘zgarishlarni va ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi san’at turi hisoblanadi. Unda ayol obrazi har doim markaziy mavzulardan biri bo‘lib kelgan. XIX–XX asrlarda o‘zbek va ingliz adabiyotlarida ayol shaxsining yangi badiiy talqinlari paydo bo‘ldi. Bu davrda yozuvchilar ayolni faqat oilaviy hayot doirasidagi mavjudot sifatida emas, balki fikrlovchi, his etuvchi, o‘z “men”iga ega shaxs sifatida tasvirlay boshladilar. Cho‘lpon, Uvaysiy, Zulfiya singari o‘zbek adiblarining ijodi hamda Jane Austen,Charlotte Brontë va Virginia Woolf kabi ingliz yozuvchilarning asarlari bu jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi 

Биография автора

Dilafruz Qodiraliyeva

Namangan davlat chet tillari instituti tadqiqotchisi

Загрузки

Опубликован

2025-12-15