HANGIL YOZUV TIZIMINING TARIXIY RIVOJLANISHI VA LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Farangiz Jaxonova
  • Mubarro Raxmonova

Abstract

Til va yozuv har bir millatning ma’naviy boyligi, madaniy merosi va milly o‘zligini ifoda etuvchi eng muhim vositadir. Dunyo tillari orasida koreys tili alohida o‘rin egallaydi. Chunki u o‘zining noyob fonetik tizimi, grammatik tuzilishi va maxsus yozuv tizimi Hangil bilan olamga mashhur. Bugungi kunda Hangil nafaqat Shimoliy va Janubiy Koreyada balki koreys diasporasi yashaydigan ko‘plab mamlakatlarda ham keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada Hangil yozuv tizimining tarixiy shakllanish jarayoni,grafik va fonetik xususiyati, shu bilan bir qatorda uning lingvistik va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi.

Author Biographies

Farangiz Jaxonova

SamDCHTI Sharq tillari fakulteti, 2-kurs bakalavri

Mubarro Raxmonova

SamDCHTI Sharq tillari fakulteti koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi

Downloads

Published

2025-12-17