NEMIS TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI

Authors

  • Furkat Mirvaliyev

Keywords:

chet tili o‘qitish, zamonaviy yondashuvlar, Leseverstehen, kommunikativ metod, CLIL, raqamli pedagogika, reflektiv baholash

Abstract

Mazkur maqolada chet tillarni, xususan nemis tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati hamda o‘qib tushunish (Leseverstehen) kompetensiyasini rivojlantirishning dolzarbligi yoritilgan. Tadqiqotda bugungi ta’lim tizimida ustuvor bo‘lgan kommunikativ, kompetensiyaviy va raqamli pedagogika tamoyillari tahlil qilinadi. Muallif o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish jarayonida CLIL, interaktiv, va raqamli metodlardan foydalanish samaradorligini asoslab beradi. Maqolada o‘qituvchi uchun amaliy tavsiyalar — matn tanlashda dolzarblik, o‘quvchining avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlash, hamda reflektiv baholash usullaridan foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Natijada, o‘qib tushunish kompetensiyasi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va kommunikativ faoliyatda ishtirok etish qobiliyatini rivojlantirishi ta’kidlanadi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, zamonaviy nemis tili o‘qituvchisi raqamli texnologiyalar, innovatsion metodlar va interaktiv strategiyalarni uyg‘unlashtirgan holda o‘quvchilarni global axborot maydonida faol shaxs sifatida shakllantirishi lozim.

Author Biography

Furkat Mirvaliyev

Namangan davlat chet tillari instituti Nemis va fransuz tillari kafedrasi o‘qituvchisi

Downloads

Published

2025-12-17