ZAMONAVIY NUTQDA SOFLIK TAMOYILLARINING BUZILISHI: VARVARIZM, VULGARIZM VA JARGONLAR TA’SIRI

Authors

  • Sharifjon Nematjonov
  • Gulsanam Abdulxoshimova

Keywords:

til sofligi, nutq madaniyati, varvarizm, vulgarizm, jargon, lingvistik muammo, begona so‘zlar, madaniy ta’sir, til ifloslanishi, nutq madaniyatini yuksaltirish

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy nutqda soflik tamoyillarining buzilishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar — varvarizm, vulgarizm va jargonlarning til tizimiga kirib kelish jarayoni hamda ularning ijtimoiy-lisoniy ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada til sofligi va nutq madaniyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, begona unsurlar kirib kelishining lingvistik hamda sotsial sabablari yoritiladi. Shuningdek, yoshlar nutqida begona so‘zlardan ortiqcha foydalanishning milliy til rivojiga salbiy ta’siri, ularning madaniy va ma’naviy ongga ta’sir darajasi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Maqolada o‘zbek tili sofligini ta’minlash, nutq madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, varvarizm, vulgarizm va jargonlarga qarshi samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurati ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari tilning ijtimoiy vazifasini to‘laqonli bajarishida nutq sofligining o‘rni beqiyos ekanini ko‘rsatadi.

Author Biographies

Sharifjon Nematjonov

Namangan davlat chet tillari instituti o‘qituvchisi

Gulsanam Abdulxoshimova

Namangan davlat chet tillari instituti talabasi

Downloads

Published

2025-12-16