DIGITAL TOOLS AND APPS FOR GAMIFYING THE CLASSROOM: A PRACTICAL GUIDE
Keywords:
texnalogiya, platforma, o‘yin, ilova, yondashuv, xususiyat, xulq-atvor, interaktivAbstract
Ushbu maqola bugungi kundagi yosh avlod uchun dars davomida ishlatilinishi mumkin bo‘lgan zamonaviy ta’lim texnalogiya turlari haqida yozilgan bo‘lib, maqolada eng zamonaviy va eng so‘nggi interaktiv ilovalar ro‘yxati va ular dars jarayonida o‘quvchilarga hamda o‘qituvchilarga ham qanday yordam bera olishi haqida batafsil izohlangan. Zamonaviy platformalar nomlari keltirilib, ularni qanday maqsadda qo‘llash usullari hamda o‘ituvchilar e’tibor berishi kerak jihatlari yoritib berilgan. Shuningdek bir qancha o‘quv dargohlarida qaysi texnik o‘yin turlaridan foydalanilganligi hamda natijalari qanday bo‘lganligi haqida yoritib berilgan. Ingliz tili hamda boshqa darslarda ishlatilinishi mumkin bo‘lgan zamonaviy o‘yin platformalari haqida ma’lumot berilgan. Til o‘rgatish darslarida bunday texnalogiyalarning o‘rni haqida izohlar keltirilgan. O‘qituvchilar ushbu platformalardan foydalanish jarayonida qaysi metodlardan ishlatishi mumkinligi haqida ham ma’lumotlar berilgan. Natijalarida esa yaxshi yoki yomon tarafga qay darajada foyda berilgani foizlar bilan ko‘rsatilgan. Boshlang’ich maktab, universitet yoki boshqa bir darajadagi o‘quv dargohlarida o‘quvchilarga mos yoki mos emasligi haqida tajribalarning xulosalari keltirilgan hamda izohlangan.

