INGLIZ TILI TA’LIMIDA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI
Keywords:
globallashuv, lingvistik, psixolingvistik, pedagogik tamoyillar, process approach, product approach, genre approach, pre-writing texnikalari, brainstorming, klasterlash, grammatikaning izolyatsiyasAbstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada ingliz tili ta’limida yozma nutqni rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Yozish chet tili o’rganishda eng murakkab ko’nikmalardan biri hisoblanib, u o’quvchidan grammatik bilim, lug‘at boyligi, mantiqiy fikrlash va ijodkorlikni talab etadi. Tadqiqotda yozuvni o’rgatishning turli yondashuvlari — process approach, product approach va genre approach tahlil qilinadi. Shuningdek, pre-writing texnikalari, jumladan, brainstorming va klasterlash metodlari o’quvchilarning yozish jarayonini samarali tashkil etishda muhimligi ko’rsatib o’tiladi. Yozuvni o’rgatishda lingvistik, psixolingvistik va pedagogik tamoyillarga tayanish zarurligi asoslab beriladi.

