INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA KOLLOKATSIYALAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI

Authors

  • Mohchexra Muxiddinova

Keywords:

kollokatsiya, frazeologik birlik, tarjima, idiomatik ifoda, ingliz tili, o‘zbek tili, lingvistik tahlil

Abstract

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi kollokatsiyalarning lingvistik xususiyatlari, ularning tasnifi hamda tarjima jarayonidagi muammolari tahlil qilinadi. Muallif turli olimlarning kollokatsiyalar haqidagi nazariy qarashlariga tayangan holda ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘xshashliklar va farqlarni yoritadi. Shuningdek, maqolada kollokatsiyalarning semantik, grammatik va pragmatik jihatlari, madaniy o‘ziga xosliklari hamda idiomatik ifodalardan farqlanishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek tillarida so‘z birikmalarining o‘xshash hamda farqli tomonlarini aniqlashga, tarjimada to‘g‘ri mos ekvivalentlarni tanlashga yordam beradi.

Author Biography

Mohchexra Muxiddinova

Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya va tillarni o‘qitish:ingliz tili ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Downloads

Published

2025-12-16