“BOBURNOMA” TOPONIMLARINING LINGVOKULTUROLOGIK VA SEMIOTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
“Boburnoma”, toponim, lingvokulturologiya, semiotika, madaniy konnotatsiya, tarixiy xotir, Vatan obrazi, identifikatsiyaAbstract
Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida qo‘llangan toponimlarning nominativ ma’nodan tashqari madaniy, tarixiy va individual-mualliflik mazmunlari tahlil qilinadi. Andijon, Farg‘ona, Axsi, Samarqand, Kobul, Agra, Dehli va Panipat kabi joy nomlari lingvokulturologik, kontekstual-semantik hamda semiotik yondashuvlar asosida o‘rganildi. Tahlil toponimlar asarda geografik mo‘ljal bo‘lish bilan cheklanmay, Vatan va musofirlik, tarixiy xotira, siyosiy qonuniylik, temuriylik o‘zligi hamda shaxsiy kechinmalarni ifodalovchi madaniy kod vazifasini bajarishini ko‘rsatdi. Toponimik birliklarning mazmuni Boburning biografik tajribasi va asar kompozitsiyasi bilan bog‘liq holda ochib berildi.
Downloads
Published
2026-10-14
Issue
Section
Filologiya