O‘ZBEK ILMIY TILIDA ATAMA, TERMIN VA ISTILOH: SEMANTIK QAMROV VA QO‘LLANISH ME’YORLARI
Keywords:
atama, termin, istiloh, terminologiya, semantik qamrov, lug‘aviy sinonimlik, kontekstual muqobillik, ilmiy uslubAbstract
Maqolada o‘zbek ilmiy tilida qo‘llanadigan atama, termin va istiloh birliklarining semantik munosabati, lug‘aviy izohlanishi hamda zamonaviy qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinadi. O‘zbek izohli lug‘atlari, terminologiyaga oid ilmiy adabiyotlar va ingliz tilidagi izohli lug‘at ma’lumotlari qiyosiy tahlil uchun asos qilib olinadi. Lug‘aviy sinonimlik, kontekstual muqobillik va me’yoriy jihatdan o‘zaro almashinish tushunchalari farqlanadi. Atamaning umumiy nom ma’nosini ham qamrab olishi, terminning muayyan sohadagi tushunchani ifodalashga ixtisoslashgani va istilohning lug‘atda “eskirgan, kitobiy” belgisi bilan berilishi o‘zaro bog‘liq holda yoritiladi. Tahlil natijasida ushbu birliklarni barcha kontekstlarda mutlaq sinonim deb qarash ilmiy jihatdan yetarlicha asoslanmaganligi ko‘rsatiladi.Downloads
Published
2026-10-14
Issue
Section
Filologiya