OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING KASBIY-INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORGARLIGINI BAHOLASH MEZONLARI VA KO‘RSATKICHLARI
Keywords:
kasbiy-innovatsion faoliyat, tayyorgarlik, baholash mezonlari, ko‘rsatkichlar, tayyorgarlik darajalari, o‘zlashtirish koeffitsiyenti, pedagogik tashxis, innovatsion kompetensiya, oliy ta’limAbstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorgarligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish masalasi yoritilgan. Muallif tomonidan tayyorgarlikni baholashga oid mavjud yondashuvlar tahlil qilingan va an’anaviy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (reyting, GPA) talabaning innovatsion salohiyatini to‘liq aks ettirmasligi asoslangan. Tayyorgarlikning tarkibiy komponentlariga muvofiq to‘rt mezon – motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsional-faoliyatli va refleksiv-kreativ mezonlar hamda ularni ochib beruvchi 16 ta ko‘rsatkich tizimi taklif etilgan. Har bir mezon uchun tashxis vositalari tanlangan, o‘zlashtirish koeffitsiyentiga asoslangan integral baholash usuli va tayyorgarlikning yuqori, o‘rta, past darajalari tavsifi ishlab chiqilgan. Taklif etilgan mezonlar tizimi pedagogik tajriba-sinov jarayonida sinovdan o‘tkazilgan va talabalar tayyorgarligi dinamikasini kuzatishda samarali vosita ekanligi ko‘rsatilgan.