DINIY VA MAROSIMIY LEKSIKANI LINGVOMADANIY KONSEPT SIFATIDA O‘RGANISH

Authors

  • Sevaraxon Xayitova

Keywords:

diniy leksika, marosimiy leksika, lingvomadaniyat, konsept, lingvomadaniy konsept, milliy dunyoqarash, urf-odat, an’ana, madaniy xotira

Abstract

Mazkur tezis diniy va marosimiy leksikani lingvomadaniy konsept sifatida o‘rganish masalasiga bag‘ishlangan. Diniy va marosimiy birliklar xalqning tarixiy xotirasi, diniy e’tiqodi, urf-odatlari, an’analari va milliy dunyoqarashini aks ettiruvchi muhim til birliklari hisoblanadi. Ularning semantik mazmuni faqat nominativ ma’no bilan chegaralanmay, muayyan xalqning madaniy tajribasi, qadriyatlari va kollektiv tasavvurlarini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Tadqiqotda diniy va marosimiy leksikaning konseptual, semantik va lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. O‘zbek tilidagi beshik to‘yi, sunnat to‘yi, nikoh, duo, fotiha, iftor, hayit, aza, xudoyi kabi birliklarning xalqning milliy-madaniy dunyoqarashini ifodalashdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, diniy va marosimiy leksikaning konseptual tuzilmasida denotativ, konnotativ, assotsiativ va pragmatik komponentlarning o‘zaro munosabati yoritiladi. Tadqiqot natijalari diniy va marosimiy leksikani o‘rganishda til va madaniyatning uzviyligini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-09-22