TAZKIRA VA BAYOZ JANRLARI RAQAMLI FILOLOGIYANING TARIXIY–TIPOLOGIK ILDIZI SIFATIDA
Keywords:
tazkira, bayoz, devon, raqamli filologiya, metamaʼlumot, fasetli tasnif, indeksatsiya, elektron korpusAbstract
Maqolada Sharq, xususan oʻzbek mumtoz adabiyotida shakllangan tazkira va bayoz janrlari raqamli filologiya metodologiyasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – bu janrlarni raqamli filologiyaning texnologiyagacha boʻlgan tarixiy-tipologik ildizi sifatida asoslashdir. Metodologiya sifatida konseptual proyeksiya usuli qoʻllanilib, raqamli filologiya bajaradigan amallar nomenklaturasi mumtoz manbalarning tuzilish tamoyillariga qiyoslab tatbiq etildi. Tahlil natijasida tazkira yozuvining barqaror qolipi maʼlumot tuzilmasi va metamaʼlumot sxemasiga, sakkiz majlisli tartib fasetli tasnifga, harfi raviy boʻyicha joylashtirish hosila kalit boʻyicha indekslashga, bayoz tuzish amaliyoti esa korpusdan namuna olishga muvofiq kelishi aniqlandi. Kotib apparati struktura razmetkasi, nusxa farqlari qaydlari variantlar apparati, tazkiralar zanjiri esa bogʻlangan maʼlumotlar tarmogʻi vazifasini bajarishi koʻrsatildi. Asosiy natija: mumtoz anʼana raqamli filologiya amallarining deyarli barchasini raqamsiz vositalarda amalga oshirgan boʻlib, bu oʻzbek mumtoz matnlari elektron korpusini milliy manbalarning oʻz tuzilmasiga tayangan holda loyihalash imkonini beradi.