MONTESSORI PEDAGOGIKASI TAMOYILLARI ASOSIDA BOʻLAJAK INGLIZ TILI OʻQITUVCHILARINING METODIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Muhtasarxon Rahimjonova

Keywords:

Montessori pedagogikasi, boʻlajak oʻqituvchi, metodik kompetensiya, kuzatuv, uch bosqichli dars, mikrooʻqitish, yosh oʻrganuvchilar

Abstract

Maqolada Montessori pedagogikasining kuzatuv, tayyorlangan muhit, xatoni mustaqil nazorat qilish va uch bosqichli dars tamoyillari boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash jarayoniga tatbiq etilgan. "Ingliz tilini oʻqitish metodikasi" fani doirasida kuzatuv praktikumi, didaktik material loyihalash va mikrooʻqitishdan iborat modul ishlab chiqildi hamda bir semestr davomida kvazi-eksperiment orqali sinovdan oʻtkazildi. Tajriba guruhida metodik kompetensiya va kasbiy oʻz kuchiga ishonch koʻrsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli oshdi, mikrodarslarda oʻqituvchi nutqi ulushi esa kamaydi. Natijalar Montessori tamoyillari oʻquvchiga yoʻnaltirilgan oʻqituvchini tayyorlashda samarali vosita boʻla olishini koʻrsatadi

Author Biography

Muhtasarxon Rahimjonova

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti oʻqituvchisi

Downloads

Published

2026-10-09