MAROSIM FOLKLORINI INGLIZ TILIGA O‘GIRISH MUAMMOSI: ALLA, BOYCHECHAK, YOR-YOR VA SUST XOTIN JANRLARI MISOLIDA

Authors

  • Habiba Azizova

Keywords:

marosim folklori, alla, boychechak, yor-yor, sust xotin, naqarot, realiya, tarjima spetsifikatsiyasi, funksional muqobil, dala tadqiqoti, nomoddiy madaniy meros

Abstract

 Maqolada o'zbek marosim folklorining to'rt janrini — alla, boychechak, yor-yor va sust xotin — ingliz tiliga o'girish muammosi ko'rib chiqiladi. Muallif marosim qo'shig'i matn sifatida tugallanmaganini, uning ma'nosi mavsum, ijro o'rni, ijrochi va murojaat qilinayotgan obyekt bilan birgalikda shakllanishini asoslaydi; shu bois ijro sharoitini tashlab ketgan tarjima matnni emas, parchani o'giradi. Har bir janr uchun tarjimadan oldin tuziladigan spetsifikatsiya — shakl, vazifa, muammo, qaror va ingliz an'anasidagi funksional muqobil — ishlab chiqilgan. Ingliz folklorida boychechak uchun wassailing va souling, yor-yor uchun esa ballada naqaroti va yunon Hymen naqaroti funksional muqobil sifatida aniqlandi. Naqaratni tarjima qilmasdan saqlash usuli asoslanadi.

Author Biography

Habiba Azizova

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti

Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) yo'nalishi talabasi

Downloads

Published

2026-10-09