HOLAT MA’NOLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O‘ZBEK–QORAQALPOQ TARJIMASIDA SEMANTIK VA USLUBIY MUVOFIQLIK

Authors

  • Xolisxon Xusainova

Keywords:

holat ma’nosi, frazeologik birlik, o‘zbek–qoraqalpoq tarjimasi, semantik muvofiqlik, obrazlilik, ekspressivlik, funksional muqobil

Abstract

Tezisda holat ma’noli frazeologik birliklarni o‘zbek tilidan qoraqalpoq tiliga tarjima qilishda semantik mazmun, obrazlilik va ekspressivlikning muvofiqligi masalasi o‘rganiladi. Frazeologik lug‘atlar va badiiy asarlardan tanlangan kontekstlar asosida umumiy ma’noning mosligi to‘liq uslubiy ekvivalentlikni kafolatlamasligi ko‘rsatiladi. Harakatning bajarilish tarzini bildiruvchi iboralar ruhiy holatni ifodalovchi fe’l frazeologizmlaridan ajratiladi. Tarjima muqobilini tanlash uchun kontekstual ma’no, grammatik vazifa, obraz va uslubiy bo‘yoqni izchil tekshirish mezonlari taklif etiladi.

Author Biography

Xolisxon Xusainova

Nukus davlat pedagogika instituti, 2-bosqich tayanch doktoranti

Downloads

Published

2026-10-09