DINIY REALIYALAR TARJIMASIDA EKVIVALENTLIK MUAMMOSI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Authors

  • Sevaraxon Xayitova

Keywords:

diniy realiya, ekvivalentlik, tarjima, lingvomadaniyat, diniy termin, adekvatlik, transliteratsiya, eksplikatsiya

Abstract

Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasida diniy realiyalarni tarjima qilishda yuzaga keladigan ekvivalentlik muammosiga bag‘ishlangan. Diniy realiyalar muayyan xalqning diniy dunyoqarashi, e’tiqodi, marosimlari, urf-odatlari va madaniy qadriyatlarini aks ettiruvchi leksik birliklar sifatida o‘ziga xos lingvomadaniy xususiyatga ega. Shu sababli ularni boshqa tilga tarjima qilish jarayonida faqat lug‘aviy moslikni ta’minlash yetarli bo‘lmay, birlikning semantik, konnotativ va pragmatik xususiyatlarini ham hisobga olish talab etiladi. Tezisda diniy realiyalarning to‘liq, qisman va nol ekvivalentlik holatlari hamda ularni tarjima qilishda qo‘llanadigan asosiy usullar — transliteratsiya, transkripsiya, o‘zlashtirish, tavsifiy tarjima va eksplikatsiya tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi imam–imom, zakat–zakot, Ramadan–Ramazon, iftar–iftor, halal–halol, Hajj–haj kabi birliklar misolida tarjimada shakliy muvofiqlik bilan lingvomadaniy adekvatlik o‘rtasidagi farq ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalari diniy realiyalar tarjimasida eng maqbul strategiyani tanlash matnning janri, kommunikativ maqsadi va auditoriyasiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-09-22