FIZIKA DARSLARIDA KONTEKSTLI MASALALAR ORQALI O‘QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Asliddin Xayrullayev

Keywords:

fizika ta’limi, kontekstli masala, tabiiy-ilmiy savodxonlik, PISA, ilmiy kompetensiya, muammoli vaziyat, dalillarni tahlil qilish, fizik model

Abstract

Tezisda fizika darslarida kontekstli masalalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish masalasi yoritilgan. Kontekstli topshiriqlarning fizik bilimlarni real hayotiy vaziyatlarga ko‘chirish, dalillarni tahlil qilish, ilmiy xulosa chiqarish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. PISA 2025 tabiiy fanlar kompetensiyalari bilan bog‘liq holda fizika darsida qo‘llash mumkin bo‘lgan kontekstli masalalar namunalari va ularning metodik tuzilishi taklif etilgan.

Author Biography

Asliddin Xayrullayev

Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti,

Tabiiy fanlar pedagogika oliy maktabi,

Fizika kafedrasi PhD, katta o‘qituvchisi

Downloads

Published

2026-10-08