O‘ZBEK VA INGLIZ MAQOLLARIDA YALQOVLIK KONSEPTINING SEMANTIK KOMPONENTLARI
Keywords:
konsept, yalqovlik, maqol, paremiologiya, semantik komponent, semantik tahlil, qiyosiy tilshunoslik, o‘zbek tili, ingliz tiliAbstract
Mazkur tezis o‘zbek va ingliz tillaridagi maqollarda yalqovlik konseptining semantik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganishga bag’ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi yalqovlik konseptini ifodalovchi maqollarda namoyon bo‘ladigan semantik komponentlarni aniqlash hamda ularning ikki tildagi ifodalanish xususiyatlarini qiyoslashdan iborat. Tadqiqot materiali sifatida o‘zbek va ingliz tillaridagi maqollar va paremiografik manbalarda qayd etilgan paremiologik birliklardan foydalaniladi. Tahlil jarayonida semantik va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanilib, yalqovlik konseptining mehnatdan qochish, harakatsizlik, bekorchilik, vaqtni behuda sarflash va salbiy oqibat kabi mazmuniy komponentlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek va ingliz maqollarida mazkur konseptning umumiy hamda til va madaniyatga xos semantik jihatlarini aniqlashga xizmat qiladi.