O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING LINGVISTIK ASOSLARI
Keywords:
kompetensiyaviy yondashuv, lingvistik asoslar, kommunikativ kompetensiya, funksional grammatika, matn tilshunosligi, nutq aktlari, kognitiv tilshunoslik, o‘zbek tiliAbstract
Maqolada o‘zbek tilini o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuvning lingvistik asoslari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Kompetensiyaviy yondashuvning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan tilshunoslik nazariyalari – generativ grammatika, sotsiolingvistika, nutq aktlari nazariyasi, funksional grammatika, matn tilshunosligi va kognitiv tilshunoslik – hamda ularning metodik talqini yoritiladi. O‘zbek tilining agglyutinativ tuzilishi, funksional-uslubiy tabaqalanishi va matn qurilishi xususiyatlari kompetensiyaviy o‘qitish mazmunini belgilashdagi asosiy omillar sifatida asoslanadi. Tadqiqot natijasida lingvistik asoslarning o‘qitish mazmuni, tamoyillari va baholash tizimidagi in’ikosi aniqlanadi.
Downloads
Published
2026-10-07
Issue
Section
Pedagogika