OʻTKIR HOSHIMOV PROZASIDA SHAXSIY QADRIYATLAR VA IJTIMOIY BOSIM ZIDDIYATI (“TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANI MISOLIDA)

Authors

  • Niginabonu Temirova

Keywords:

shaxsiy qadriyatlar, ijtimoiy bosim, totalitar tuzum, psixologik tahlil, ichki monolog, badiiy detal, xotira, tush motivi, axloqiy tanlov

Abstract

Mazkur ilmiy tezisda Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidagi shaxsiy erkinlik va mafkuraviy tazyiq o‘rtasidagi munosabatlar badiiy-psixologik yondashuv asosida tadqiq etiladi. Asar bosh qahramoni Rustam taqdiri misolida totalitar tuzum sharoitida insoniylikni saqlab qolish mashaqqati, ma’naviy inqiroz va axloqiy tanlov muammolari ochib berilgan. Tadqiqotda yozuvchining psixologik tahlil vositalari — tush motivi, ichki monolog hamda xotiraning estetik vazifasi ochib berilgan.

Author Biography

Niginabonu Temirova

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 7-umumta'lim maktabi

Ona tili va adabiyoti fan oʻqituvchisi

Downloads

Published

2026-10-07