BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI GAMIFIKATSIYAGA ASOSLANGAN TA’LIMNI LOYIHALASHGA TAYYORLASH METODIKASI

Authors

  • Odina Ozodova

Keywords:

gamifikatsiya, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi, xorijiy til ta’limi, dars loyihalash, o‘yin mexanikalari, pedagogik texnologiya, metodik tayyorgarlik, gamifikatsiyalashgan ta’lim

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini gamifikatsiyaga asoslangan ta’limni loyihalashga tayyorlash masalasi yoritilgan. Zamonaviy xorijiy til ta’limida gamifikatsiyadan foydalanish faqat turli o‘yin elementlarini dars jarayoniga kiritish bilan cheklanmasdan, ta’lim maqsadi, mazmuni, metodlari, baholash mezonlari va o‘quv faoliyatini yagona didaktik tizim asosida loyihalashni talab etadi. Maqolada gamifikatsiyalashgan darsni loyihalashning asosiy bosqichlari tahlil qilinib, bo‘lajak o‘qituvchilar uchun maqsadni belgilash, o‘yin mexanikalarini tanlash, topshiriqlarni ishlab chiqish, baholash va refleksiyani tashkil etishga asoslangan metodik ketma-ketlik taklif etiladi. Mazkur yondashuv bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining gamifikatsiyani pedagogik maqsadga muvofiq va metodik jihatdan asoslangan holda qo‘llash tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-09-21