INGLIZ TILINI CHET TILI SIFATIDA O‘QITUVCHI PEDAGOG KOMPETENSIYASI: MAVJUD MODELLAR VA TADQIQOTLAR TAHLILI

Authors

Keywords:

ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish, o‘qituvchi kompetensiyasi, kasbiy kompetensiya, TPACK, pedagogik bilim, texnologik kompetensiya, o‘qituvchi kognitsiyasi, refleksiv kompetensiya

Abstract

Ushbu maqolada ingliz tilini chet tili sifatida o‘qituvchi pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi zamonaviy ilmiy yondashuvlar va mavjud kompetensiya modellari asosida tahlil qilinadi. Chet til o‘qituvchi ustoz kompetensiyasi faqat tilni mukammal bilish yoki metodik usullardan foydalanish ko‘nikmasi bilan cheklanmasdan, lingvistik, pedagogik, texnologik, refleksiv, baholashga oid hamda kasbiy rivojlanish kompetensiyalarining o‘zaro integratsiyasini qamrab oluvchi ko‘p komponentli tushuncha sifatida talqin etiladi.

Author Biography

Yayra Abduraimova , O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Ingliz tili integrallashgan kursi 2 kafedrasi katta o'qituvchisi

 

Downloads

Published

2026-10-03