FARMATSEVTIK MULOQOTNING KOMMUNIKATIV XUSUSIYATLARI
Keywords:
farmatsevtik muloqot, farmatsevtik diskurs, kommunikativ xususiyatlar, professional kommunikatsiya, kommunikativ strategiya, kommunikativ taktika, pragmatik vositalar, farmatsevt, bemor, farmatsevtik terminologiyaAbstract
Mazkur maqolada farmatsevtik muloqotning kommunikativ xususiyatlari, uning ishtirokchilari o‘rtasidagi nutqiy munosabatlar hamda professional axborot almashinuvi jarayonlari tahlil qilinadi. Farmatsevtik muloqotning o‘ziga xosligi farmatsevt, bemor, shifokor va boshqa professional kommunikantlar o‘rtasidagi maqsadli nutqiy aloqalarda namoyon bo‘lishi yoritiladi. Tadqiqotda axborot berish, maslahat berish, tavsiya qilish, tushuntirish, ogohlantirish va ishontirish kabi kommunikativ vazifalarning lingvistik ifodalanish xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, farmatsevtik muloqotda terminologik birliklar, nutqiy strategiyalar, kommunikativ taktika va pragmatik vositalarning qo‘llanishi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari farmatsevtik muloqotning nafaqat maxsus terminologik bilimlarni yetkazish, balki kommunikativ maqsadni aniq va samarali amalga oshirishga xizmat qiluvchi professional nutqiy faoliyat turi ekanligini ko‘rsatadi.