OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI STRATEGIK REJALASHTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Keywords:
ta’lim sifati, rejalashtirish, loyihalashtirish, oliy ta’lim muassasasi, sifat menejmenti tizimi, kredit-modul tizimi, akkreditatsiya, ta’lim standartlariAbstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini rejalashtirish va loyihalashtirish masalalari tizimli tahlil qilinadi. Maqolaning maqsadi - oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlashning nazariy-metodologik asoslarini umumlashtirish va amaliy rejalashtirish-loyihalashtirish modelini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlar, mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlar tahlili, qiyosiy va tizimli yondashuv usullaridan foydalanilgan. Natijada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini rejalashtirish va loyihalashtirishning bosqichma-bosqich kontseptual modeli taklif etilgan, uning tarkibiy qismlari - normativ asos, sifat menejmenti tizimi, ta’lim dasturlarini loyihalash, monitoring va uzluksiz takomillashtirish mexanizmlari asoslab berilgan. Xulosa qismida amaliy tavsiyalar keltirilgan.