DUAL TA’LIMDA KASBIY VAZIYATLARNI DIDAKTIK LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI

Authors

  • Zarif Umurov

Keywords:

dual ta’lim, kasbiy vaziyat, didaktik loyihalash, kasbiy topshiriq, transfer, refleksiya, boshlang‘ich ta’lim

Abstract

Maqolada dual ta’limda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga mo‘ljallangan kasbiy vaziyatlarni didaktik loyihalash texnologiyasi ishlab chiqilgan. Kasbiy vaziyat real pedagogik faoliyatning o‘quv maqsadida chegaralangan, dalil va qaror talab qiladigan modeli sifatida izohlangan. Texnologiyaning kasbiy natijani aniqlash, kontekst va ziddiyatni tanlash, dalillar paketini shakllantirish, talaba qarori chegarasini belgilash, bajarish, teskari aloqa va transfer bosqichlari asoslangan. Vaziyatning murakkabligini boshqarish hamda tayyor javobga aylantirib yubormaslik mezonlari ko‘rsatilgan.

Author Biography

Zarif Umurov

Buxoro davlat pedagogika instituti professori,

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Downloads

Published

2026-09-28