O‘ZBEK TILIDA MORFOLOGIK BIRLIKLARNI AVTOMATIK TAHLIL QILISHNING LINGVISTIK ASOSLARI
Keywords:
o‘zbek tili, kompyuter lingvistikasi, morfologiya, morfema, avtomatik tahlil, tabiiy tilni qayta ishlash, agglutinativ til, elektron korpus, lingvistik modelAbstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilining agglutinativ tabiati va undagi morfologik birliklarni kompyuter yordamida avtomatik tahlil qilish masalalari yoritiladi. O‘zbek tilida grammatik ma’nolarning asosan affikslar orqali izchil ifodalanishi avtomatik morfologik tahlil uchun muayyan imkoniyatlar yaratishi bilan birga, affikslarning variantliligi, fonetik o‘zgarishlar, shakldosh birliklar va kontekstga bog‘liq grammatik ma’nolar kabi muammolarni ham yuzaga keltiradi. Maqolada so‘zning morfemalarga ajratilishi, grammatik kategoriyalarning avtomatik aniqlanishi hamda morfologik modelni yaratishning lingvistik tamoyillari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek tilining elektron korpuslarini shakllantirish, matnlarni avtomatik qayta ishlash va tabiiy tilni qayta ishlash tizimlarida morfologik tahlilning ahamiyati ko‘rsatib beriladi.