RAQAMLI TA’LIM MUHITI VA AN’ANAVIY TA’LIM INTEGRATSIYASI: ARALASH TA’LIM (BLENDED LEARNING) ASOSIDA INNOVATSION TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
aralash ta’lim, raqamli ta’lim muhiti, integratsiya, kasbiy-innovatsion tayyorgarlik, “teskari sinf”, Moodle, onlayn refleksiya, bo‘lajak mutaxassisAbstract
Maqolada raqamli ta’lim muhiti va an’anaviy auditoriya ta’limini aralash ta’lim (blended learning) modeli asosida integratsiyalash orqali bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Aralash ta’limning mohiyati, asosiy modellari (rotatsiya, “teskari sinf”, moslashuvchan model, boyitilgan virtual model) va ularning innovatsion tayyorgarlikni shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Muallif tomonidan onlayn tayyorgarlik, auditoriyadagi faol faoliyat va onlayn refleksiya bosqichlaridan iborat uch bosqichli aralash ta’lim sikli taklif etilgan hamda uning samarali amalga oshishini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar asoslangan.
Downloads
Published
2026-09-25
Issue
Section
Articles