INGLIZ TILINI O‘QITISHDA LINGVISTIK INTUITSIYA VA METAKOGNITIV ONGLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Xayotxon O‘rinboeva

Keywords:

lingvistik intuitsiya, metakognitiv onglilik, ingliz tilini o‘qitish, ongli payqash, implicit bilim, explicit bilim, kommunikativ kompetensiya, pedagogik mexanizm

Abstract

Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida lingvistik intuitsiya va metakognitiv onglilikni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari hamda pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Lingvistik intuitsiya til birliklarining grammatik, semantik va pragmatik jihatdan maqbulligini tezkor baholash qobiliyati sifatida, metakognitiv onglilik esa o‘quvchining o‘z bilish faoliyatini rejalashtirish, monitoring qilish va baholash jarayoni sifatida talqin etiladi. Tadqiqot Richard Schmidtning ongli payqash nazariyasi, John Flavellning metakognitiv monitoring konsepsiyasi hamda Rod Ellisning implicit va explicit bilimlar haqidagi ilmiy qarashlariga asoslanadi. Maqolada ongli idrok, metalingvistik tahlil, kontekstual mashq, kommunikativ avtomatlashuv va refleksiv monitoringni o‘zaro bog‘lovchi integrativ pedagogik mexanizm taklif etiladi. Shuningdek, lingvistik intuitsiyani rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tizimi, baholash mezonlari va metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijasida taklif etilgan konseptual modelning ingliz tili ta’limida ongli bilimlar va tezkor kommunikativ faoliyat o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi asoslanadi.

Author Biography

Xayotxon O‘rinboeva

Katta o‘qituvchi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

 

Downloads

Published

2026-11-02