OBRAZ YARATISH VA SYUJET RIVOJIDA DENGIZ XRONOTOPINING O‘RNI

Authors

  • Yulduz Kasimova

Keywords:

xronotop, badiiy makon, badiiy vaqt, dengiz xronotopi, obraz yaratish, syujet, badiiy tasvir, psixologik tahlil, Jozef Konrad

Abstract

Ushbu maqolada badiiy adabiyotda dengiz xronotopining obraz yaratish va syujet rivojidagi o‘rni tahlil qilinadi. Xronotop tushunchasining nazariy asoslari, badiiy makon va vaqtning o‘zaro munosabati hamda dengiz makonining ramziy, psixologik va kompozitsion vazifalari yoritiladi. Xususan, Jozef Konrad asarlari misolida dengizning qahramonlar xarakterini ochish, ularning ichki kechinmalarini ifodalash, ziddiyatlarni yuzaga chiqarish va voqealar rivojini belgilashdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijasida dengiz xronotopi oddiy geografik muhit emas, balki badiiy mazmunni shakllantiruvchi va qahramonlar taqdiriga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim poetik vosita ekanligi asoslanadi.

Author Biography

Yulduz Kasimova

Namangan davlat pedagogika instituti

Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Downloads

Published

2026-10-31