OLIY TA’LIMDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI VA SAMARALI METODLARI
Keywords:
tanqidiy fikrlash, pedagogik shart-sharoitlar, oliy ta’lim, Blum taksonomiyasi, muammoli ta’lim, keys-stadi, debat, argumentativ yozuv, hamkorlikda o‘qitishAbstract
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari va samarali metodlari yoritilgan. Tanqidiy fikrlash nazariyalari, B.Blum taksonomiyasi va L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy nazariyasi asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning to‘rt guruh shart-sharoiti – maqsadli-mazmuniy, didaktik-texnologik, kommunikativ-psixologik va baholash bilan bog‘liq shart-sharoitlar asoslangan. Muammoli ta’lim, keys-stadi, debat, argumentativ yozuv, “Chaqiruv – Anglash – Fikrlash” texnologiyasi va hamkorlikda o‘qitish metodlarining tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ta’siri tahlil qilinib, til va tarjima yo‘nalishi talabalari uchun amaliy topshiriq namunalari taklif etilgan.
Downloads
Published
2026-10-30
Issue
Section
Pedagogika