SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA INGLIZ TILINI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA SAMARALI METODLAR

Authors

  • Nafisa Sotiboldiyeva

Keywords:

sun’iy intellekt, ingliz tili, ta’lim texnologiyalari, moslashuvchan ta’lim, nutqni avtomatik tanish, suhbat boti, topshiriqqa asoslangan ta’lim, oraliq takrorlash, kommunikativ yondashuv

Abstract

Maqolada sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy texnologiyalarning ingliz tilini o‘rganish jarayonidagi o‘rni va ularni samarali metodlar bilan uyg‘unlashtirish masalasi yoritilgan. Moslashuvchan ta’lim platformalari, nutqni avtomatik tanish, suhbat botlari, yozma ishlarni avtomatik baholash tizimlari, intellektual repetitor tizimlari va ta’lim analitikasi kabi texnologiyalar tasniflangan hamda ularning til ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Topshiriqqa asoslangan ta’lim, “teskari sinf”, ma’lumotlarga asoslangan o‘rganish, oraliq takrorlash va kommunikativ yondashuv kabi metodlarning sun’iy intellekt bilan integratsiyasi asoslanib, har biri uchun amaliy topshiriq namunalari taklif etilgan.

Author Biography

Nafisa Sotiboldiyeva

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti

Til va tarjima fakulteti XTA-GU-25-guruh talabasi

Downloads

Published

2026-10-29