TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVI PEDAGOGIK YONDASHUVLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ta’lim sifati, pedagogik innovatsiya, kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, interfaol ta’lim, tanqidiy fikrlash, formativ baholash, inklyuziv ta’lim, raqamli pedagogika, kasbiy kompetensiya, kasbiy refleksiya, mustaqil tahlilAbstract
Mazkur maqolada ta’lim sifatini oshirishdagi zamonaviy pedagogik yondashuvlarning nazariy asoslari, mazmuni va amaliy ahamiyatining umumiy tahlili keltirilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, muammoli, interfaol, differensial va inklyuziv ta’lim yondashuvlarining o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, tanqidiy tahlil va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari haqidagi ilmiy fikrlar keltirilgan. Xususan, formativ baholash, raqamli pedagogika va pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning ta’lim natijalariga ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunchiligi hamda UNESCO va OECD tashkilotlarining tegishli materiallari tahlili asosida ta’lim sifatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari haqidagi eng zamonaviy va muhim ma’lumotlar keltirilgan.