ADABIYOT O‘QITUVCHISINING REFLEKSIV KOMPETENSIYASI MAZMUNI VA TARKIBIY KOMPONENTLARI

Authors

  • M Abduqodirova

Keywords:

refleksiv kompetensiya, baholash o‘lchovlari, baholash usullari, formativ va summativ baholash

Abstract

Ushbu maqolada adabiyot o‘qituvchisining refleksiv kompetensiyasi mazmuni va mohiyati hamda uning tarkibiy komponentlari ilmiy-metodik jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda refleksiv kompetensiya tarkibi ikki asosiy qism – baholash o‘lchovlari va baholash usullariga ajratilgan. Xususan, adabiyot darslarida o‘quvchini baholashning beshta asosiy (konseptual, kontekstual va integrativ, strukturaviy, individual-uslubiy hamda ijodiy-ijroviy) o‘lchovi tahlil qilingan hamda ularning mazmuniy mohiyati misollar bilan ochib berilgan. Shuningdek, adabiyot o‘qituvchisining refleksiv kompetensiyasi doirasida formativ va summativ baholash usullaridan foydalanish layoqati va mazkur baholash turlarining mazmun-mohiyati atroflicha yoritilgan.

Downloads

Published

2026-10-26