INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIK ZOONIMLARNING FRAZEOSEMANTIK TASNIFI

Authors

  • Shavkat Mirzayev

Keywords:

frazeosemantik tasnif, frazeologik zoonim, semantik maydon, semantik mikromaydon, frazeologiya, ingliz tili, qiyosiy tilshunoslik

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va o'zbek tillarida tarkibida hayvon nomlari mavjud bo'lgan frazeologik birliklar, ya'ni frazeologik zoonimlarning frazeosemantik tasnifi tahlil qilinadi. V.N.Teliya tomonidan ishlab chiqilgan frazeosemantik maydon nazariyasi va Yost Trierning semantik maydon haqidagi qarashlariga tayangan holda, maqolada frazeologik zoonimlar ular ifodalaydigan inson xarakteri, tashqi ko'rinishi, emotsional holati, ijtimoiy munosabati yoki xatti-harakatining qaysi jihatiga ko'ra bir necha semantik mikromaydonlarga ajratiladi. Har bir mikromaydon ingliz va o'zbek tillaridan olingan parallel misollar bilan izohlanadi, bu esa ikki tilning zoomorf obrazlaridagi o'xshashlik va farqlarni aniqlash imkonini beradi. Maqola frazeosemantik tasnifning leksikografiya, tarjima va til o'qitish uchun ahamiyati bo'yicha xulosalar bilan yakunlanadi.

Downloads

Published

2026-09-23