ALISHER NAVOIY ORIFONA G‘AZALLARIDA TAZODNING POETIK FUNKSIYASI (“XAZOYIN UL-MAONIY” MISOLIDA)

Authors

  • Dilnoza Olimova

Keywords:

Alisher Navoiy, Xazoyin ul-maoniy, orifona g‘azal, tazod, irfoniy mazmun, ruh, nafs, fano, riyo, faqr, obraz

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kiruvchi orifona g‘azallarida tazod san’atining poetik funksiyasi tahlil qilinadi. Chunki biz yig’gan tasavvufiy g’azallarni tahlil qilish davomida eng ko’p tazod she’riy san’atiga duch keldik. Navoiyda qarama-qarshilik ba’zan nur – zulmat, jafo – vafo, shom – subh singari ochiq zidliklar orasida yuz bersa, ba’zan esa nafs – ruh, riyo – fano, ujb – faqr, shoh – darvesh kabi irfoniy tushuncha va obrazlarning mazmuniy munosabatida yuzaga keladi. Ayrim g‘azallarda esa bir baytda boshlangan zidlik keyingi baytlarda rivojlantiriladi. Bu esa g’azalning umumiy yo‘nalishini belgilaydi. Shundan kelib chiqib tazod Navoiy orifona g‘azallarida shunchaki badiiy bezak emas, balki ruhiy kechinma, botiniy kurash va irfoniy fikr harakatini obrazli ifodalovchi poetik vosita sifatida baholanadi.

Author Biography

Dilnoza Olimova

Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti

Downloads

Published

2026-10-24