NAVOIY IJODIDA MARYAM OBRAZINING BADIIY-ESTETIK TALQINI

Authors

  • Dilorom Shomurodova

Keywords:

Maryam, diniy-agiografik obraz, ilohiy nur motivi, poetik detal, talmeh, estetik timsol

Abstract

Mumtoz Sharq adabiyoti, xususan, Alisher Navoiy badiiy merosida diniy-agiografik va qur’oniy obrazlar alohida poetik tizimni tashkil etadi. Monoteistik manbalarda poklik, sabr va iffat timsoli bo‘lgan Hazrati Maryam obrazining Navoiy asarlaridagi talqini shoirning badiiy-estetik konsepsiyasi hamda tasavvufiy-irfoniy dunyoqarashini o‘rganishda muhim axborot manbayi hisoblanadi. Shoirning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida Bibi Maryamning hayot yo‘li, ma’naviy kamoloti va Iso alayhissalomning tug‘ilishi bilan bog‘liq voqealar asosiy e’tibor markazida turadi. Navoiyning lirik merosida, xususan, “Xazoyin ul-ma’oniy” devonlar turkumida Maryam obraziga murojaat qilishda talmeh san’atidan samarali foydalanilgan. Shoir Maryam ismini qo‘llash orqali kitobxon shuurida uning pokdomonligi, sabr-bardoshi va iffatini jonlantiradi. Shu jihatdan ushbu tadqiqotda Alisher Navoiyning nasriy va lirik asarlarida Maryam obrazining badiiy-estetik vazifasi, poetik hamda ramziy-majoziy xususiyatlari ilmiy jihatdan umumlashtirildi va tahlil qilindi.

Author Biography

Dilorom Shomurodova

Qarshi davlat universiteti, tayanch doktorant

Downloads

Published

2026-10-24