OLAMNING BADIIY MANZARASIDA JINOYAT–ADOLAT OPPOZITSIYASINING VOQELANISHI

Authors

  • Solijon Azizov

Keywords:

badiiy olam manzarasi, jinoyat, adolat, konseptual oppozitsiya, badiiy konflikt, aksiologik baholash, narrativ tahlil, o‘quvchi talqini

Abstract

Mazkur tezisda olamning badiiy manzarasida jinoyat–adolat oppozitsiyasining semantik, narrativ va aksiologik xususiyatlari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Jinoyat va adolat munosabatining badiiy konflikt, axloqiy baholash, ramziy ifoda hamda o‘quvchi talqinida voqelanish mexanizmlari yoritiladi. Tahlil asosida oppozitsiyaning me’yoriy-semantik, narrativ-konfliktual, aksiologik-baholovchi va interpretativ qatlamlarini birlashtiruvchi konseptual model taklif etiladi.

Author Biography

Solijon Azizov

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o‘qituvchisi

Downloads

Published

2026-10-23