NUTQIY AKT NAZARIYASIDA KOMPLIMENT TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI: OSTIN VA SERL KONSEPSIYALARI ASOSIDA
Keywords:
nutqiy akt, kompliment, performativ, illokutiv akt, bexabitiv, ekspressiv, muvaffaqiyatlilik shartlari, pragmatikaAbstract
Maqolada zamonaviy pragmalingvistikaning markaziy tushunchalaridan biri sifatida nutqiy aktlar nazariyasida kompliment tushunchasining shakllanish jarayoni J. L. Ostin va J. R. Serl konsepsiyalari asosida tahlil qilinadi. Ostinning performativ va konstativ gaplar, muvaffaqiyatlilik shartlari hamda lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlar haqidagi ta’limoti, shuningdek, illokutiv aktlarning besh sinfi yoritilib, komplimentning ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi bexabitivlar sinfiga mansubligi ko‘rsatiladi. Serlning nutqiy aktlarni tahlil qilishga oid to‘rt turdagi qoidalari – propozitsional mazmun, tayyorgarlik, samimiylik va mohiyat shartlari kompliment aktiga tatbiq etilib, uning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bo‘lish sabablari aniqlanadi. Serl tasnifida komplimentning ekspressivlar sinfiga kiritilishi va bu sinfning illokutiv maqsadi tahlil qilinadi. Ikki konsepsiya qiyoslanib, ularning kompliment tushunchasini shakllantirishdagi o‘rni belgilanadi. Shuningdek, Pomerants, Volfson va Meyns, Xolms, Braun va Levinson, Lich tadqiqotlarida kompliment nazariyasining rivojlantirilishi hamda o‘zbek tilidagi komplimentlarni o‘rganishda milliy-madaniy omillarni hisobga olish zarurligi asoslanadi. Shuningdek, kompliment maqtov, xushomad va tabrik kabi yaqin nutqiy aktlardan farqlanadi. Natijalar chog‘ishtirma pragmatika, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqotni o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin.