QO‘SHMA GAPLAR NEOSTILISTIKASINING KONSEPTUAL MODELI VA TAHLIL MEZONLARI
Keywords:
neostilistika, qo‘shma gap, stilema, monostilema, bistilema, polistilema, raqamli stilistika, multimodallik, etnostilistika, psixostilistikaAbstract
Maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillarida qo‘shma gaplar qiyosiy stilistikasi asosida neostilistikaning konseptual modeli ishlab chiqiladi. Qiyosiy-stilistik, funksional-sintaktik va pragmatik tahlil usullari yordamida sintaktik qurilish, stilemik mexanizm, raqamli muhit, madaniy kontekst hamda qabul jarayoni o‘zaro bog‘lanadi. Ilmiy yangilik monostilema, bistilema va polistilemani farqlashda belgilar miqdori bilan birga ularning mustaqil uslubiy vazifasini hisobga olishda namoyon bo‘ladi. To‘qqiz mezondan iborat tahlil tizimi va annotatsiyalash tartibi taklif etiladi. Modelning qo‘llanishi muallif tuzgan uch tilli misollar orqali ko‘rsatiladi; psixologik va neyrokognitiv ta’sirni eksperimental tekshirish vazifalari belgilanadi.
Downloads
Published
2026-10-21
Issue
Section
Filologiya