NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA PSIXOLOGIK TO‘SIQSIZLIKNING FRAZEOSEMANTIK MODELLANISHI

Authors

  • Gulbahor Nabiyeva

Keywords:

to‘siqsizlik, psixologik to‘siqsizlik, frazeosemantika, ruhiy bosim, emotsional yengillik, kognitiv cheklov, ichki erkinlik, konseptual metafora, nemis tili, o‘zbek tili

Abstract

Tezisda nemis va o‘zbek tillarida to‘siqsizlik konseptining psixologik mazmuni frazeosemantik birliklar asosida qiyosiy tadqiq etiladi. Psixologik to‘siqsizlik tashqi monelikning oddiy bartaraf etilishi sifatida emas, balki ruhiy bosim, emotsional zo‘riqish, xavotir va kognitiv cheklov ta’sirining susayishi yoki tugashi natijasida shaxsning ichki muvozanati tiklanishini ifodalovchi konseptual holat sifatida talqin qilinadi [1; 2]. Nemis tilidagi der Stein fällt jemandem vom Herzen, eine Last abwerfen, den Kopf frei bekommen, den Bann brechen, Freiraum gewinnen, sich von Fesseln befreien kabi birliklarning semantik tarkibi tahlil qilinib, ularda psixologik monelikning og‘irlik, bog‘liqlik, bandlik, siqilgan makon kabi predmetli obrazlar orqali konseptuallashishi aniqlanadi [3; 4]. Qiyosiy tahlilda psixologik to‘siqsizlikning ikki tilda umumiy kognitiv asosga ega bo‘lishi bilan birga, uning emotsional holatni baholash va ichki erkinlikni lisoniy profillash usullarida o‘ziga xoslik mavjudligi asoslanadi.

Downloads

Published

2026-09-23