TARJIMADA “ASL MATN” VA “TARJIMA MATNI” IERARXIYASINING DEKONSTRUKTIV TALQINI
Keywords:
tarjima, asliyat, dekonstruksiya, Derrida, différance, iz, supplement, tarjimashunoslik, iyerarxiya, ma’noAbstract
Maqolada tarjimashunoslikda uzoq vaqt hukmron bo‘lib kelgan “asliyat – birlamchi, tarjima – ikkilamchi” degan silsilaviy qarash Jak Derridaning dekonstruksiya nazariyasi, xususan, différance (farqlanish va kechiktirilish) tushunchasi asosida tahlil qilinadi. Asliyat ma’nosining mutlaqligi va o‘zgarmasligi masalasi, tarjimaning mustaqil ma’no hosil qilish imkoniyati, Derrida va Uolter Benjaminning “omon qolish” konsepsiyasi, shuningdek, Venuti, Basnett, Spivak, Devis kabi zamonaviy tarjimashunoslar qarashlari qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida asliyat va tarjima o‘rtasidagi munosabat bir tomonlama bo‘ysunish emas, balki o‘zaro to‘ldirish va ma’noning doimiy yaratilishi jarayoni ekanligi asoslanadi.
Downloads
Published
2026-10-20
Issue
Section
Filologiya