PROMPT MUHANDISLIGIDA LEKSIK AMBIGUITETNI BARTARAF ETISHNING KONTEKSTUAL-SEMANTIK OMILLARI
Keywords:
prompt muhandisligi, leksik ambiguitet, polisemiya, omonimiya, lisoniy kontekst, semantik disambiguatsiya, referensial noaniqlik, kontekstual aniqlashtirish, sun’iy intellekt, kommunikativ niyatAbstract
Maqolada prompt muhandisligida leksik ambiguitetning yuzaga kelishi va uni kamaytirishning kontekstual-semantik omillari tahlil qilinadi. Polisemiya, omonimiya hamda referensial noaniqlikning o‘ziga xos xususiyatlari o‘zbek tilidagi misollar asosida yoritiladi. Ko‘p ma’noli birliklarning muayyan ma’nosini aniqlashda lisoniy kontekst, sohaga oid atamalar, sintaktik tuzilish va aniqlashtiruvchi ko‘rsatmalarning vazifasi ochib beriladi. Shuningdek, so‘z ma’nosini kontekst asosida aniqlash jarayonining sun’iy intellekt modellarida matnni qayta ishlash bilan aloqasi ko‘rib chiqiladi. Promptda tayanch tushuncha, murojaat obyekti va bajariladigan amalni aniq belgilash muqobil talqinlarni cheklashi hamda javobning foydalanuvchi kommunikativ niyatiga muvofiqligini oshirishga xizmat qilishi asoslanadi.