INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI PARALLEL KORPUSINI SHAKLLANTIRISHNING LINGVISTIK ASOSLARI VA UNING TARIXIY-ARXAIK LEKSIKANI TADQIQ ETISHDAGI IMKONIYATLARI

Authors

Keywords:

korpus lingvistikasi, parallel korpus, o‘zbek tili, ingliz tili, chegaralangan leksika, tarixiy leksika, arxaizm, tokenlash, lemmalash, stemming, morfologik razmetka, mumtoz adabiyot

Abstract

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillari parallel korpusini shakllantirishning lingvistik va metodologik asoslari, matnlarni tanlash, mavzulashtirish, me’yorlashtirish hamda morfologik qayta ishlash masalalari yoritiladi. Xususan, tokenlash, lemmalash va stemming jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning o‘zbek tilining agglutinativ tabiati bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi chegaralangan leksikaning davriy cheklangan qatlamini tashkil etuvchi tarixiy va arxaik so‘zlarni o‘rganishda tarixiy matnlar korpusidan foydalanish imkoniyatlari asoslanadi. O‘zbek mumtoz adabiy merosini raqamlashtirish, lingvistik jihatdan belgilash va ingliz tilidagi muqobil matnlar bilan qiyoslashning amaliy ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

Author Biography

Zarnigor Sobirova , Buxoro davlat universiteti

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori,dotsent,

 

Downloads

Published

2026-10-17